Karantin vaqtida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi qanday boʻlyapti?

0
137
marta koʻrilgan.

 AOKA huzuridagi shtabda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Karantin vaqtida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi qanday boʻlyapti? Harbiy qismlarda karantin choralari koʻrilganmi?

Javob: Harbiy xizmatga saralab olingan fuqarolar 6-7 iyun kunlari koronavirusga tahlil topshirishdi. Tahlil natijalariga koʻra, fuqarolar 9-iyun kuni muddatli harbiy xizmatga yuborildi.  Xizmatga yuborilish tartibi respublikamizning 3 ta hududi boʻyicha bir vaqtning oʻzida poyezdlar yoʻnalishi orqali amalga oshirildi.  Fuqarolar xizmat joylariga borganlaridan keyin ham 14 kunlik karantinga olinib, yuqori malakali shifokorlar nazoratida boʻlishadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun ham joriy yilng 20 iyuniga qadar fuqarolarimiz tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib joʻnatish boshlanadi. Bunda safarbarlik chaqiruvi rezerviga mart oyida chaqirish kerakligi inobatga olinib, avvalo shu muddatgacha 27 yoshni toʻldirganlar joʻnatiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.