Kasallanganlik holati 796 tani tashkil qilmoqda

0
116
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra 2020 yil 12 aprel soat 10:00 holatiga  Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda. Kecha soat 14:30 holatiga koʻra esa  mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 729 nafarni tashkil qilgandi.  Oʻtgan 18 soat ichida kasallikka chalinganlar soni  67  nafarga koʻpaygan.

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida boʻlib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor ayol  shu yili 31 mart kuni sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf oʻta yuqori boʻlganligi sababli kasallik ogʻir kechib, u 12 kun davomida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan.

Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, yetakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Ammo joriy yil 11 aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan shoshilinch reanimatsion muolajalar koʻrsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik oʻlim qayd etildi.

Aziz yurtdoshlar, uyda qoling oʻzingizni  va oilangizni asrang. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.