Kimlarning farzandlari bolalar bogʻchalariga imtiyozli qabul qilinadi?

0
449
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018 yil 28 martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida  Hukumat qarori (319-son, 20.05.2021 y.) qabul qilindi. U 2021 yil 21 maydan kuchga kirdi.

Ushbu oʻzgartirishlarga koʻra, maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxati (imtiyozli roʻyxat) yangilandi.  Endilikda bolalarning quyidagi kontingenti bogʻchaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻladi:

Ilgari – I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;  koʻp bolali oilalarning bolalari;  etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar.

Shuningdek,  “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;  kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari (ilgari – harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari).

Yana talabalar va pedagoglarning bolalari.

Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;  koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar (ilgari – boshqa muassasalardan oʻtkazilgan bolalar).

Shuni ham qayd qilish kerakki, ilgari bogʻchaga qabul qilish uchun imtiyozli roʻyxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga qayta yoʻllanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.

Ushbu tartiblar  yaʼni bolalarni imtiyozli roʻyxat boʻyicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

Joriy oʻquv yilining 31 may kuniga qadar 7 yoshga toʻladigan bolalarning soʻrovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.