— Imom al-Buxoriy 600 000 hadis toʻplagan. Undan 100 000 sahih, 200 000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni toʻplashda 90 000 dan ortiq kishining huzurida boʻlib chiqqan.
— Ayollar erkaklarga qaraganda koʻp (68 %) kitob sotib oladilar.
— Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan koʻpini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni toʻplaydi. Uning kolleksiyasi 10 000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan oʻrin olganini bilgandan soʻng, oʻzini oʻzi oʻldirishiga bir bahya qolgan.
— Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning «Don Kixot», Jon Banyanning «Avliyoning sayohati», Oskar Uayldning «Qamoqdagi istigʻfor», Nikolo Makiavellining «Hukmdor» asarlari mavjud.
— Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi.
— Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib oʻqish boʻyicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.
— Fanda kitob oʻgʻrilarini bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob oʻgʻrisining ismi — Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23 000 nodir kitoblarni oʻgʻirlagan. Uning «kolleksiya»si narxi 20 million dollardan oshadi.
— Dunyodagi eng katta lugʻat «Nemis lugʻati» («Deutsches Wortetbuch») boʻlib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qoʻyshib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lugʻat 34519 betdan iborat.
— Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
— Dunyodagi eng ogʻir kitob: Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning boʻyi 1,9 metr, ogʻirligi 320 kilogrammdir.
— Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.
— Napoleon daqiqasiga 2 000 ta soʻzni oʻqiy olgan.
— Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni — Napoleondir. U haqda 10 000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.
— 95 % insonlar daqiqasiga 210 soʻz yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob oʻqiydilar.
— Balzak yarim soatda 200 bet kitob oʻqigan.
— Maʼlumki, qadimda kitob juda qimmat boʻlgan. 18-asrgacha baʼzi kutubxonalarda kitoblar oʻgʻirlanmasligi uchun zanjirga bogʻlab qoʻyilgan.
— Kitobni sekin oʻqilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez oʻqilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
— Aksariyat oʻquvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yoʻqotadilar.
— Dunyodagi eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga toʻlangan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.
— Adabiyotchilarning hisob-kitoblariga koʻra, Shekspir asarlarida «sevgi» soʻzi 2259 marta, «nafrat» soʻzi esa 229 marta takrorlangan.
— Bolani oʻqishga oʻrgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan oʻqishga oʻrgatish biroz qiyin kechadi.
— Bastiliya mahbuslari nafaqat odamlar boʻlgan. Mahbuslar qatorida kitoblar ham mavjud. Bir marta Didro va D`Alamberning «Fransuz ensiklopediyasi»ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun «qamab qoʻyganlar».
— Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan koʻchirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994 yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
— Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. Toʻliq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni toʻliq oʻqib chiqish uchun 6 yil ketadi.
Manbaa: BILIM AKM