“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi (830-son, 31.12.2020 y.).
Qaror bilan qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida koʻp bolali oila tushunchasining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, jumladan:
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, koʻp bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari boʻlishi lozimligi talabi bekor qilindi.