Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 173 nafarga yetdi

0
177
marta koʻrilgan.

Inson umri gul yangligʻ nozik va u sogʻlom boʻlsa gul yangligʻ goʻzal! Oʻzingizni asrang, yaqinlaringizni eʼzozlang.  Hukumatimizning amalga oshirayotgan koʻplab chora-tadbirlariga qaramasdan afsuski, koronavirusga chalingan bemorlar soni ortib bormoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining yozishicha, ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 173 nafarni tashkil etdi.

Biroq, avval xabar berganimizdek xushxabar ham bor. Joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan fuqaroda 16 mart kuni  koronavirus kasalligi aniqlangan edi. Oʻtgan vaqt davomida u poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida toʻliq davolandi. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sogʻayganlar soni 8 nafarga yetdi.

Bugungi murakkab sharoitda aholini birdamlikka chaqiramiz, vahimaga berilmasdan uyda qolib, vaqtni maroqli oʻtkazishlarida tilakdoshmiz. Olloh nasib qilgan boʻsh vaqtlaringizdan mazmunli va samarali foydalaning!

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.