Koronavirus qurbonlari koʻpayishining sababi nimada?

0
111
marta koʻrilgan.

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musaboyevning«Gazeta.uz»ga  bergan intervyusidan.

SAVOL: Koronavirus qurbonlari koʻpayishining sababi nimada? Soʻnggi bir hafta ichida (25 iyun–1 iyul) 7 ta oʻlim qayd etildi. Bungacha, ikki hafta ichida (10−24 iyun) faqat bitta oʻlim haqida xabar berilgan edi.

JAVOB:  Keling, hisoblaylik. Hozir vafot etganlar soni 27 (2 iyul holatiga) nafar. Bemorlarning soni esa kundan-kunga qanchaga koʻpaymoqda? Oʻrtacha 200−250 nafar. Bunga qadar har kuni 40, 50, 100 nafarga koʻpayib borgan. Tuzalib ketganlar soni 5800 nafardan oshgan, oʻlganlar — 27. Bu taxminan 0,5% atrofida. Bu juda yaxshi koʻrsatkich.

 Biz imkon qadar barchani kasalxonaga yotqizamiz. Keling, kelgusida ham shunday yotqizishda davom ettirsak, nima boʻlishini va bu nimaga olib kelishini tasavvur qilib koʻramiz.

Aytaylik, biz byudjetdan bir tiyin olmaymiz, yangi kasalxonalar ochmaymiz. Misol qilib bizning Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti kasalxonasini olsak. Bizda yiliga 3000 ga yaqin jigar sirrozi bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Sirrozni butunlay davolash mumkin emas. Agar davolanishni har chorakda yoki 6 oyda bir marta oʻtkazmasak, unda odam oʻrtacha 5−6 yil yashaydi. Agar biz uni toʻgʻri yoʻnaltirsak, umrini 15 yilga uzaytiramiz. Bu yaxshi natija. Agar u moliyaviy imkoniyatlarga ega boʻlsa, u jigarni qisman transplantatsiya qilishi mumkin, butunlay emas.

 Bilasizki, toʻrtinchi oy davomida bizning klinikamiz karantinga yopilgan. Bir yilda jigar sirrozi bilan ogʻrigan 3000 nafar bemorni qabul qilsak, demak hozirgacha bizning ixtisoslashgan boʻlimimiz butun respublika boʻylab deyarli 1000 nafar bemorni qabul qila olmadi.

Oʻrtacha 1000 nafar bemor shu payt davomida davolana olmadi. Men taxmin qilishimcha, shu vaqt ichida 200 ga yaqin bemor COVID-19 dan emas, balki sirrozdan vafot etdi. Tushunyapsizmi?

Agar biz koronavirus bilan ogʻrigan barcha bemorlarni qabul qilishni davom ettirsak, keyingi bosqichda kardiologiya markazini yopish kerak boʻladi, bu esa dahshat. Qanchadan-qancha bemorlar COVID-19 dan emas, balki yurak xurujidan vafot etishadi.

Keyin biz yana qandaydir boshqa klinikani yopamiz, tugʻruqxonani yopamiz, sharoitlar keskin yomonlashadi, keyin esa shunchaki tugʻruq paytida oʻlishni boshlashadi. Aynan shu hodisa Italiyada va boshqa mamlakatlarda sodir boʻlgan — bu sogʻliqni saqlash tizimining falajlanishi.

30 iyun kuni men koronavirusni davolashda zaif joyni topishga harakat qilayotgan hamkasblaringizga intervyu berdim. Ular nima uchun bemorlarning oʻz vaqtida kasalxonaga yotqizilmaganini soʻradilar. Ha, bemorlar unchalik koʻp boʻlmagan davrda, biz klinikalarni yopib boʻlsa ham davolash ishlarini olib bordik.

Yana bizning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutidagi klinikamizning misolida — mamlakatda 25 kishi koronavirusdan vafot etgan boʻlsa, sizga aytganimdek, jigar sirrozidan, toʻliq davolana olmaganligi sababli vafot etganlar soni — 10 baravar koʻproq.

Shifoxona boshqa toifadagi kasallarni qabul qilaversa, shunaqa boʻladi. Bular COVID-19 pandemiyasining bilvosita qurbonlari deyiladi. Siz jurnalist sifatida bu haqda aytishingiz kerak.

MANBAA: @aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.