SAVOL: Men koronavirusning yengil turi bilan kasallandim. Uyda davolanyapman. Hozir TVda nafas gimnastikasi haqida koʻp gapirishyapti. Menga nafas gimnastikasi kerakmi? U qanday bajariladi?
JAVOB: Nafas mashqlari oʻpkada nafas tiqilib qolishida yordam beradi va nafas tizimi zaxiralarini oshiradi.
Agar kasal boʻlib uyda davolanayotgan boʻlsangiz mashqlarni atrofdagilardan uzoqda alohida xonada bajaring.
Mashq bajarishda xonani shamollatish kerak, agar havo yaxshi boʻlsa oynani ochiq qolirgan maʼqul.
Eng oson usullardan biri bu — nafasni ixtiyoriy ushlab turish mashqi.
Buteyko usuli boʻyicha: ikki soniya nafas olish, nafasni 4 soniya ushlab turish, 4 soniya davomida nafas chiqarish. Bu mashqda nafas yengil va tiniq boʻlishi kerak.
Burundan bir maromda nafas olib va chuqur nafas chiqarish. 3-6 marta takrorlash.
Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi