Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 fevral 2021 yilgi 99-sonli qarori bilan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, 2021 yil 1 martdan boshlab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50 foizi yaʼni 122 ming 500 soʻm miqdorida har oyda kompensatsiya toʻlanishi belgilandi.
Bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan koʻchaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi.
Shuningdek, mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball toʻplagan taqdirda toʻlanadi.
Kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishi koʻchaboshi va uyboshilar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Mazkur kompensatsiya pul toʻlovlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.
Ravshan SAʼDULLAYEV, “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Mirobod tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi