Maktabgacha taʼlim muassasalarida brakeraj komissiyasi mavjudligini bilasizmi?

0
242
marta koʻrilgan.

 Maktabgacha taʼlim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha brakeraj komissiyasi tashkil etiladi.

Mazkur komissiya oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy oʻrganib boradi. Oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan brakeraj daftarlarida qayd etiladi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi boʻlib, quyidagilar komissiya aʼzolari hisoblanadi: tarbiyachi; oshpaz; tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi; tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vakillari. 

Ushbu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 320-sonli qarorlariga asoslanadi.

Ota-onalar oʻz huquqlaringizni biling va farzandlaringizning taqdiriga befarq boʻlmang.

Umida Rahmonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.