Masofaviy ish  — obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli

0
142
marta koʻrilgan.

Panlemiya sharoitida koʻpgina tashkilotlar masofaviy ishga oʻtdi. Uning tartib- qoidalari barchani qiziqtirishi tabiiy.

Masofaviy ish — xodimning mehnat majburiyatlarini doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli.

Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga oʻtish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.

Xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik oʻtkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga oʻtkazish haqida muddati koʻrsatilgan buyruq chiqariladi.

Masofaviy ishga oʻtkazishda mehnat shartnomasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritiladi:

Xodim ish vaqtining davomiyligi va tartibini ishlab chiqarish topshirigʻining hajmi va mehnat shartnomasida koʻrsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.

  • ish beruvchi va xodim oʻrtasida elektron hujjat almashinuvi boʻyicha oʻzaro aloqalar tartibi;
  • xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv mavjud boʻlsa;
  • ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini taʼminlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan taʼminlash, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalanish;
  • ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bogʻliq shartlar;
  • xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
  • xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish boʻyicha majburiyatlari;
  • xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tugʻilganda doimiy ish joyiga oʻtkazish shartlari.

Masofaviy ishga vaqtinchalik oʻtkazilgan xodimning mehnatiga haq toʻlash:

Shunigdek, xodim xohishiga koʻra va ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga oʻtkazilishi mumkin.

Xodimni vaqtinchalik uyda ishlashga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq chiqariladi.

  • mehnatga haq toʻlashdagi soatbay asosida — xodimning uyda ishlashga oʻtkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
  • mehnatga haq toʻlashdagi ishbay asosida.

 Manbaa: ADVICE.UZ  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.