Nikoh

0
1327
marta koʻrilgan.

Nikoh oilaning vujudga kelishida rasmiy asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, – deb yozilgan.

 Nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdli insonlarga masʼuliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham oʻz burch va majburiyatlari bor, ulardan har biri oʻz vazifasini toʻla ado etishga masʼuldir. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida ushbu huquqiy normalar belgilab qoʻyilgan.

Nikoh tufayli ota-ona oʻzidan soʻng zurriyod qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab boʻladi.

Nikoh deganda – nikoh yoshiga yetgan, bir-birini sevadigan va qonunga muvofiq oila qurishni istagan erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi va teng xuquqligiga asoslangan, qonuniy rasmiylashtirilgan, oʻzaro shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan, oilaviy turmushda tugʻilgan bolalarni milliy istiqlol mafkurasi gʻoyalari asosida munosib tarbiyalashga xizmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona anʼanalarga asoslangan mustahkam, bir umrga tuzilgan ittifoqi tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida belgilanganidek, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina xuquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Nikohning tegishli davlat organida qayd etilishi uning vujudga kelganligini isbotlovchi birdan-bir dalildir.

Oysha Oxunova, xuquqshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.