Toshkent shahrida 2020 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan monitoring tadbirlari davomida Yakkasaroy tumanida fuqaro Abzalov R.X davlat roʻyxatidan oʻtmasdan savdo ishlari bilan shugʻullanayotgani aniqlandi.
Abzalov R.X bir turdagi 9000 dona jami 27 000 000 soʻmlik tibbiy niqoblar savdosini yoʻlga qoʻygan.
Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy faoliyat yuritgan tadbirkorga savdo bilan shugʻullanish uchun qonuniy tartibda roʻyxatdan oʻtish boʻyicha tushunchalar berildi. Aks holda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllanilishi tushuntirildi.
Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati