Noshirlik faoliyati uchun endi litsenziya talab etilmaydi

0
393
marta koʻrilgan.

2020 yil 16 martda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilingan edi.

Kecha Vazirlar Mahkamasi tomonidan Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Unga koʻra, joriy yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

 Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.

Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron koʻrinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.

Shu bilan birga, noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish talab etiladi.

Manbaa: @aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.