Oʻgʻlim Oʻzbekiston chempioni, biroq yangi oʻquv yili uchun  imtiyozga ega sportchilar qatoriga kiritilmadi. Nega?

0
455
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Karantin vaqtida litsenziyasini yangilay olmagan murabbiylar qachon malaka oshirish kurslarida oʻqishlari mumkin?

Javob: Karantin davrida murabbiylik litsenziyasining amal qilish muddati joriy yilning 31 dekabriga qadar uzaytirilgan.

Maʼlumot uchun: 2020 yil may oyida masofadan oʻqitish orqali shartnoma asosida 118 nafar trener malakasini oshirdi.

SAVOL: Basseynlar faoliyatiga 5 iyundan ruxsat berildi. Demak, «yashil» hududda bemalol suv sporti bilan shugʻullanish mumkinmi?

Javob: Basseynlar faoliyatiga “yashil” hududlarda ruxsat berilgan boʻlib, bunda faqat oʻsha hududdagi sport taʼlim muassasalarining yosh sportchilari mashgʻulotlar olib borishi mumkin.

Shuningdek, Sogʻlomlashtirish guruhlari va aholi vakillariga esa xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hozircha ruxsat berilgani yoʻq.

SAVOL: Farzandim kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempioni. Biroq yangi oʻquv yili uchun u imtiyozga ega sportchilar qatoriga kiritilmadi. Nega?

Javob: Kurash Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan, lekin Olimpiya oʻyinlari qatoriga kiritilmagan. Prezident Farmoniga koʻra, imtiyoz faqat Olimpiya va Paralimpiya sport turlari gʻolib va chempionlariga beriladi.

SAVOL: «Yashil» hududlarda sport inshootlari va toʻgaraklariga ruxsat berildi. Farzandlarimiz mahalladagi sunʼiy qoplamali futbol maydonida futbol oʻynashganiga mahalla noziri jarima soldi. Shu toʻgʻrimi?

Javob: Agar futbol maydoni sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq tegishli uskunalar bilan taʼminlanmagan boʻlsa (dezinfeksion «toʻshak», pirometr, antiseptik vositalar va hokazo), oʻyindan avval dezinfeksiya ishlari olib borilmagan va mahalla noziri bu haqda ogohlantirilmaganda oʻyinni toʻxtatish va taqiqlash mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.