OTALIKNI BELGILASH huquqiy normasi

0
98
marta koʻrilgan.

SAVOL: Men sharʼiy nikoh bilan oila qurganman. Nikohimizdan bir nafar farzandimiz bor. Hozirgi kunda turmush oʻrtogʻim bilan birga yashamaymiz. Men uni alimentga beray desam avval otaligini belgilash kerakligini eshitdim. Farzandimga otalikni belgilash uchun sudga oʻzim ariza bersam boʻlaveradimi ?

JAVOB: Boʻladi. Begunoh farzand manfaatlari hamma narsadan ustun. Oila kodeksining 62-moddasida, oʻzaro qonuniy nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi boʻlmasa, otalik sud tartibida belgilanishi mumkinligi koʻrsatilgan.

 Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramogʻida boʻlsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin bolaning oʻzi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.

 Yuqoridagi asosga koʻra, Siz sudga bolaga otalikni belgilash uchun murojaat qilsangiz boʻladi xamda bunday arizani Sizdan tashqari yuqorida koʻrsatilgan shaxslar xam berishlari mumkin.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.