Oʻtkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asaridan hikmat!

0
11
marta koʻrilgan.

Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi: Yoshlik. Sogʻliq. Tinchlik.

 Doʻstni xoʻrlash – gunoh. Umr yoʻldoshini xoʻrlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xoʻrlash – ming hissa gunoh. Goʻdakni xoʻrlash – cheksiz gunoh…

 Ish koʻpligi-yu, vaqt yoʻqligidan nolimang. Vaqt koʻpligi-yu, ish yoʻqligidan qoʻrqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

 Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

 Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering ogʻrimasa shuning oʻzi baxt!

 Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib boʻlmaydi.

 Dunyoda mukammal narsa yoʻq. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuygʻuda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, oʻsha koʻproq iztirob chekadi.

 Insonning bahosi bu dunyoda oʻzi olgani bilan emas, oʻzidan qolgani bilan oʻlchanadi.

Rajab MASHARIPOV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.