Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaydi.
✅ Mos ravishda ayollar soni 346,6 ming kishiga yoki 2,0 % ga, erkaklar soni esa 365,7 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaygan.
✅ Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra 2021 yil 1 – yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7 875 mln. (https://www.unfpa.org/data/world-population-dashboard) kishini tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi aholi soni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida 43-oʻrinda qayd etilgan.