Oʻzbekiston Respublikasi 2024 yilgi Gender tengligi va boshqaruv indeksida (GEGI) sezilarli muvaffaqiyatga erishdi va dunyodagi 158 mamlakat ichida 52-oʻrinni egalladi. 2022 yilga nisbatan Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 51 pogʻonaga yaxshiladi.
GEGI 2024 hisobotida qayd etilganidek, respublika 72,8 ball toʻpladi, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichdir.
Taqqoslash uchun:
Qozogʻiston 76-oʻrinni egalladi (2022 yilda – 84-oʻrin).
Qirgʻiziston – 99-oʻrin (2022-yilda – 91-oʻrin).
Tojikiston – 103-oʻrin (2022-yilda – 118-oʻrin);
Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Hisobotda, shuningdek, soʻnggi ikki yil davomida butun dunyo boʻylab ayollar duch kelgan yutuqlar va muammolar tahlil qilingan.
Oʻzbekiston mavqeining yaxshilanishiga mamlakatda, jumladan, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sabab boʻlmoqda.
Ayniqsa: ayollarni IT va STEM loyihalariga faol jalb qilinayotganligi; xotin-qizlar uchun raqamli koʻnikmalar boʻyicha taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyilayotganligi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va gender tengligini taʼminlash choralariga alohida eʼtibor berilayotganligi tufaylidir.
GUJUM. UZ