Oʻzbekiston Global Innovation Index’da ilk marotaba innovatsion rivojlanish boʻyicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi. Jahon reytingida mamlakat 4 pogʻona yuqorilab, 132 davlat orasida 82-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston boshqa nufuzli xalqaro reytinglardagi oʻrnini ham sezilarli darajada yaxshiladi:
– “Hukumat samaradorligi” koʻrsatkichida 22 pogʻonaga koʻtarildi.
– “Siyosiy barqarorlik va zoʻravonlik, terrorizmning mavjud emasligi” koʻrsatkichida 19 pogʻonaga yuqoriladi.
– “Tartibga solish sifati” yoʻnalishida 33 pogʻonaga oʻsdi.
– “Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pogʻonaga yaxshilandi.
– “Huquq ustuvorligi” yoʻnalishida 13 pogʻonaga koʻtarildi.
– “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” koʻrsatkichi boʻyicha 12 pogʻona yuqoriladi.
Manbaa: jurnalist. uz