Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan karantinga doir RASMIY XABAR

0
108
marta koʻrilgan.

 Hurmatli isteʼmolchilar!

Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida eʼlon qilingan karantin jarayonida narx – navolarning oshib ketishini oldini olish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazuvchi subyektlarda bevosita monitoring oʻtkazilmoqda.

Oʻrganishlar natijasida aholi isteʼmoli uchun yetarli darajada oziq-ovqat va mahsulotlarning mavjudligi tasdiqlandi.

Dehqon bozorlari va doʻkonlar peshtaxtalaridan mahsulotlarni isteʼmol meʼyoridan koʻp hajmda xarid qilish va buning oqibatida narxlarning oshib ketishiga omil yaratish kabi xavotirlar oʻrinsiz ekanligini bildiramiz.

Har bir hududda oziq-ovqat mahsulotlarini oshirilgan narxlarda sotilishining oldini olishga qaratilgan tezkor profilaktik choralarni koʻrilishini shaxsan nazoratga olganligimiz va birorta murojaatingiz eʼtiborsiz qolmasligini kafolatlaymiz.

Agar murojaatingiz boʻlsa, Davlat soliq qoʻmitasining 24 soat mobaynida faoliyat olib borayotgan Call markazi (1198) va «Ishonch telefoni»ga (71) 244 – 98- 98 bogʻlanishingiz mumkin.

Behzod MUSAYEV, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.