Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi: KARANTIN TARTIB VA CHEKLOVLARIGA QOʻShIMCHALAR KIRITILDI

0
261
marta koʻrilgan.

Soʻnggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga mazkur yilning 28 iyunidan qoʻshimchalar kiritildi:

 Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan 12 iyuliga qadar avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi;

xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;

joriy yilning 28 iyunidan boshlab respublika boʻylab koʻngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sigʻimining 50 foizidan qatʼiy oshirmagan holda xizmat koʻrsatish belgilandi.

SSV: TOSHKENT ShAHRIGA KIRISHGA CHEKLOVLAR QANDAY HOLATLARGA TATBIQ ETILMASLIGI BELGILANDI

Joriy yilning 28 iyunidan
12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi. Ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi:

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) chet el fuqarolariga;

davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjat boʻlgan taqdirda);

Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta boʻlgan taqdirda);

Oʻzbekiston Respublikasiga turist boʻlib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa boʻlsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;

barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shagʻal va boshqalar) bilan bogʻliq hollarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta joʻnatmalarini tashish bilan bogʻliq hollarga;

sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining keyingi toʻlqini yuzaga kelishini oldini olish maqsadida aholidan belgilangan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etishlari va vaksinatsiya tadbirlarida faol qatnashishlarini soʻrab qoladi.

SSV: TOSHKENT ShAHRI “QIZIL” TOIFADAGI HUDUD DEB BELGILANDI

Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sogʻayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:

“Qizil” toifadagi hududga – Toshkent shahri;  “Sariq” toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.

Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati masʼul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida oʻzgarish boʻlgan hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.

CCV: IBODAT AMALLARINI OCHIQ HAVODA TASHKIL ETISH TAVSIYa QILINDI

Yurtimizdagi mavjud epidemiologik holatdan kelib chiqib, masʼul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:

kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari(ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki koʻchalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga ular tomonidan diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.