Oʻzbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi

0
142
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etiladi.

Kecha, 5 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi  hukumat portali
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.