Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qanchaga yetdi?

0
84
marta koʻrilgan.

Statistika agentligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 2025 yil 1 yanvar holatiga koʻra, 37 million 543,2 ming kishiga yetdi.

Jami aholining 18,9 millioni (50,4 foizi) erkaklar, 18,6 millioni (49,6 foizi) ayollardir. Shahar aholisi 19,1 million (51 foiz), qishloq aholisi 18,4 million (49 foiz) kishini tashkil etadi.  

Hududlar kesimida aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida 6948,1 nafar, Andijon viloyatida 804,9, Fargʻona viloyatida 613,1 nafarni tashkil etdi. Eng past koʻrsatkichlar Navoiy viloyatida — 9,9 va Qoraqalpogʻistonda — 12,2.   

2024 yilda 926,4 ming bola tugʻildi, bu oʻtgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam.  

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning otalari yoshga qarab quyidagi nisbatda taqsimlandi:  10,7 foiz — 25 yoshgacha,   82,5 foiz — 25−39 yosh,  6,8 foiz — 40 yosh va undan katta.  

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 39,3 foizida onalar yoshi 25 yoshgacha, 59,5 foizida 25−39 yosh, 1,2 foizida 40 yosh va undan katta boʻlgan.  

Tugʻilishning eng katta ulushi Samarqand viloyatida (12 foiz), Fargʻona viloyatida — 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida — 10,9 foiz, Andijon viloyatida — 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida — 9,1 foiz kuzatildi.  

Ajralishlar soni 45,1 mingtani tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 8,3 foizga kam.  

Ajrashgan erkaklarning oʻrtacha yoshi 35,4 yoshni, ayollarniki 32,1 yoshni tashkil etdi. Ajralishlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha boʻlgan ayollarga toʻgʻri keladi, bu umumiy koʻrsatkichning 64,6 foizini tashkil qiladi.  

Oʻzbekistonga kelganlarning umumiy soni 241,8 ming kishini tashkil etdi, ulardan 103,4 ming nafari erkaklar, 138,4 ming nafari ayollar. Shaharlarga kelganlar soni 182,2 ming kishiga, qishloq joylariga 59,6 ming kishiga yetdi.  

Gujum. uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.