Oʻzganing mulkiga zarar yetkazgan shaxsga qanday javobgarlik bor?

0
219
marta koʻrilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 61 prim 2-moddasiga koʻra, oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 500 000) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha (3 000 000 soʻm) miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha (9 000 000 soʻm) boʻlgan miqdor belgilangan.

 Koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha (100 000 000 soʻm) boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.