Pandemiya davrida toʻyxonalar faoliyati yuzasidan yana bir oʻzgarish

0
158
views

 Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

Shuningdek, yana bir kiritilgan oʻzgarishga koʻra, shu yil 20 iyuldan agar toʻyxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni ochiq havoda oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan koʻp boʻlmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqtlarda shugʻullanishlariga ruxsat beriladi.

Bundan avval 1 avgustdan boshlab toʻy va marosimlarni 50 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish belgilangan edi. 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here