Prezident pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik  qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʻzda tutuvchi qonunni imzoladi

0
175
views

Qonunchilik boʻyicha umumiy holatda  shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish 30 mln soʻmgacha (100 barobar) jarimaga sabab boʻlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʻmgacha (150 barobar) jazolanishi belgilanmoqda.

Kecha prezident pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik  qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʻzda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bu qonunni Milliy tiklanish partiyasi fraksiyasida ham juda koʻp muhokama qildik. Qonunda belgilangan javobgarlikni kuchaytirishga, oʻqituvchilarni faoliyatiga aralashishni taqiqlovchi normalarni kiritishga harakat qildik.

Shuningdek, qonunda pedagog xodimni mehnatga biron bir shaklda  maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda.

Eʼtiborlisi, ilgari pedagogning faoliyatiga qonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangan edi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etish mansabdor shaxslarga 15  sutka qamoq jazosini belgilashga sabab boʻladi.

Ushbu huquqiy normalarni hayotga samarali joriy etilishidan,  amaliyotidan umidimiz katta.

Umida  RAXMONOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here