Qancha fuqarolar uy sharoitida va qanchasi statsionarlarda karantinga olingan? 

0
136
views

 AOKA huzuridagi shtabda 3 iyul  kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida  boʻlib oʻtgan brifingdan muhim maʼlumotlar:

Mamlakatimizda  jami 9 199 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan. 6 034 nafar bemor toʻliq sogʻaygan, 3138 nafari davolanmoqda. Ulardan: 8 nafari – oʻta ogʻir; 16 nafari – ogʻir; 230 nafari – oʻrta ogʻir; 2854 nafari – qoniqarli holatda   va 165 nafarida pnevmoniya.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 937ta, pandemiya mavsumi davomida 1,246 691ta test sinovlari oʻtkazildi;

Epidemik vaziyat nohush boʻlgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 65 207 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

41 173 nafar fuqarolar uy sharoitida, 24 034 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here