QISQA RAQAMLI 1003 CALL-MARKAZIGA 650 MINGDAN ORTIQ MUROJAAT KELIB TUSHDI

0
109
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan shu yilning 15 mart kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishda koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida obyektiv va ishonchli maʼlumot bilan taʼminlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi.

Mazkur qisqa raqamli orqali bugungi kunda aholi oʻzini qiziqtirayotgan savollariga tibbiyot sohasining malakali xodimlari tomonidan javoblar olmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarning har bir murojaati eʼtibordan chetda qolmasligi, ularni ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash yoʻlida astoydil harakat qilmoqda.

Call-markaz tunu kun faoliyat koʻrsatmoqda. Unda 200 nafardan ortiq professor oʻqituvchilar, shifokorlar uch smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlariga javob berishmoqda.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 21:00 da ishga tushgan Call-markazga bugun, 11 aprel soat 15:00 gacha 650 mingdan ziyod qoʻngʻiroq kelib tushgan. 10 aprelni oʻzida esa operatorlar 10 734 ta murojaatga tibbiy asoslangan javoblar berishgan. Eng koʻp berilayotgan savollar orasida kasallik belgilari qandayligi haqidagi savollar haligacha dolzarbligini yoʻqotmayapti.

Sogʻliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.