«Qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchilarga 50% ustama, boshqa viloyatdan borib ishlashda 100% ustama beriladi

0
261
marta koʻrilgan.

Bu haqda  Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida AOKAda oʻtgan brifingda maʼlum qilindi:

«Ayrim maktablarimizda taʼlim sifati yuqori boʻlib, hamma ota-onalar oʻsha yoqqa intiladi. Biz maktablar darajasi boʻyicha grafik qilganmiz: qizil, sariq va yashil maktablar.

«Qizil maktablar» — taʼlim sifati juda past boʻlgan maktablar. Oldimizga qoʻygan vazifamiz — «qizil maktablar» sonini kamaytirish. Murojaatnomada taʼlim sifatini oshirish mexanizmi ham ochib berildi.

Yaʼni boshqa tumandan «qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchilarga 50% ustama, boshqa viloyatdan borib ishlashda 100% ustama berish masalalari Murojaatnomada qayd etildi. Bu respublikadagi 10 mingdan oshiq maktabning oʻz ustida ishlashiga stimul boʻladi.

«Qizil maktablar»da oʻz ustida ishlamasligining sababi — men ishlamasam, bu yerda ishlashga hech kim boʻlmaydi, degan xomxayollarning mavjudligi boʻlgan.

Hozir oʻzbek maktablarida oʻqituvchi yetarli. Respublika boʻyicha pedagogik stavka va haqiqiy oʻqituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan oʻqituvchilar bor».

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.