Qonunchilikda shovqinlarni oldini olish uchun huquqiy normalar belgilanganmi?

0
366
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekisga koʻra, tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

Baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish; tovush signallari berish; xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish; turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish; maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish ,borasida taqiq belgilangan.

Shuningdek, shovqinning ishlab chiqarishda ham, aholi yashash joylarida ham inson organizmiga zararli taʼsir koʻrsatishini oldini olish va uning darajalarini pasaytirishning aniq belgilangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining  “Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari” qarori ham qabul qilindi.

Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 29 dekabrda 5-sonli raqam bilan hisobga olindi.

R. SAʼDULLAYEV,  “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Mirobod  tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi   

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.