Ramazonda suv ichish tartibi qanday?

0
893
marta koʻrilgan.

Har bir kilogramm tana vazniga 30 ml suv ichish meʼyor qilib olingan. Shundan kelib chiqib, tana vazningizni 30 ga koʻpaytirsangiz, sutkalik suvga boʻlgan ehtiyoj kelib chiqadi.

Masalan, 70 kg boʻlsangiz, (70x30) 2100 ml (2,1 l) suv ichishingiz kerak boʻladi.

Tartib:
• Iftorlikda ogʻiz ochgandan soʻng, taomlanishdan avval 2 stakan (400 ml);
• Saharlikkacha 4 stakan (800 ml);
• Saharlikda taom yeyishdan avval 2 stakan (400 ml);
• Ogʻiz yopishdan avval esa 1 stakan (200 ml) ichib olish kerak.
Shunda jami 1,8 l suv ichgan boʻlasiz, bu deyarli meʼyor.

Shuningdek, ogʻiz yopish, ogʻiz ochishdan avval uch dona xurmo isteʼmoli ham tanadagi suv miqdorini ushlab turishga  koʻmaklashadi.

 TIBBIYOT.TV  asosida D.Bekchanova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.