RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI: karantin cheklovlari joriy etildi

0
200
marta koʻrilgan.

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida:

a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:  

avtotransport vositalarining harakati cheklandi;  

davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;  

davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish belgilandi;

hududlar oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno); 

tomosha, madaniy-koʻngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi;

 toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi;

 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining koʻchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq boʻlib harakatlanishi cheklandi.

b) quyidagi obyektlar faoliyati toʻxtatildi:

parklar va istirohat bogʻlaridagi attraksionlar;

buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar;

sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari va har qanday toʻgaraklar;

umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (etkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

Bugungi murakkab vaziyatda barchamiz “Oʻz sogʻligʻingni, oʻz bolangni, oʻz oilangni oʻzing asra!degan shiorga amal qilib yashashimiz shart.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.