Roʻza oyida ovqatlanishning besh qoidasi

0
12
marta koʻrilgan.

Roʻzadorlik – faqat sabr, imtihoni emas, balki tanamizni tozalash, salomatligimizni mustahkamlash uchun ham katta imkoniyat. Lekin, ayrim odatlar bu jarayonga putur yetkazadi. Iftorda quyidagi xatolarni qilmang!

Birdan koʻp ovqat yeb yuborish. Kun boʻyi och yurgan tanani birdan «toʻyintirish» – hazm qilish tizimi uchun ogʻir zarba! Natija: holsizlik, uyqu bosishi va shishib qolish. Toʻgʻri yoʻl: avval suyuqlik iching, yengil ovqatlanib, tana asta-sekin uygʻonishiga imkon bering.

Shirin ichimliklar. Shakarli sharbatlar va gazli ichimliklar qondagi qand miqdorini osmonga chiqarib, keyin esa birdan tushirib yuboradi. Natija: lohaslik va kuchsizlanish. Toʻgʻri yoʻl: oddiy suv yoki tabiiy kompot ichish.

Qovurilgan va yogʻli ovqatlar. «Och qoringa yaxshi ketadi» deb yogʻli somsa, qovurdoq, qovurilgan kartoshkaga yopishib olsangiz, oshqozonga ogʻirlik tushirishingiz aniq. Natija: oshqozon ogʻrigʻi va hazm qilish muammolari. Toʻgʻri yoʻl: bugʻda pishgan, yengil va foydali taomlarni tanlash.

Iftordan keyin yotib olish. Koʻp ovqatdan keyin yotib olsangiz, oshqozonga yuk boʻladi, organizm ovqatni hazm qilishga qiynaladi. Natija: uyqusizlik va ertalab charchoq. Toʻgʻri yoʻl: hech boʻlmasa 10-15 daqiqa yuring va badan tarbiya bilan shugʻullaning. 

 Esda tuting! Roʻza gʻanimat, tanani hamda ruhiyatni poklash uchun imkoniyat. Oʻz sogʻligʻingizga eʼtiborli boʻling!

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.