Bugun AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bayonot berdi:
Hozirgi kunga qadar 5171 ta xonadonda tozalash ishlari olib borildi.
Toshqindan zarar koʻrgan hududlarda yongʻin xavfsizligi profilatikasi tadbirlari puxta yoʻlga qoʻyildi.
Hasharchilar yashaydigan 13 ta yotoq joyning sanitar-epidemiologik holati oʻrganildi.
Taʼmirlash va tiklash ishlari 1773 ta uyda olib borilmoqda.
2640 xonadonga ega 66 ta koʻp qavatli uy qurish rejalashtirilmoqda;
Talofat koʻrgan 478 ta turar joy va 161 022 km. maydon dezinfeksiya qilindi.
Shuningdek, 475 ta ijtimoiy obyekt dezinfeksiya qilindi.