Javob: Bolalar asosan tungi uyqudan oldin shuningdek, kunduz kuni ham uxlashdan oldin “soʻrgʻich” xoxlaydi. Barmogʻini soʻra boshlaydi. Qoʻlini ogʻzidan olmoqchi boʻlsangiz yigʻlaydi. Unday paytda bolaning oʻziga xos yondoshuv kerak.
Agar farzandingiz “soʻrgʻich” berganigizda tinchlansa, u uholda “soʻrgʻich” berganigiz maqul. Farzandingiz oʻyinqaroq boʻlsa, “soʻrgʻich”dan tezda voz kechadi. Bola 3 yoshda yetganda “soʻrgʻich”dan deyarli voz kechishi kerak. Endi bosh barmogʻini soʻradigan bolalarga kelsak asosan bolaning dastlabki yillarida bu holat kulgiliday tuyuladi. 3 yoshli bolada ham xuddi shunday holat kuzatilsa, unda ota-onalar xavotirga tushub qoladi. Bunda , asosan ota-onalar bolani usha barmogʻini achchiq narsa surtib qoʻyish, bent bilan bogʻlab qoʻyish kabi choralar koʻradilar. Bu esa notoʻgʻri yondashuv hisoblanadi. Bolada qandaydir qoʻrquv boʻlsa ham “bosh barmogʻini soʻrishi” mumkin. Bunda pastki jagʻ notoʻgʻri rivojlangan boʻlishi mumkin.
5-6 yoshli bolalar bosh barmogʻini soʻrsa nima qilish kerak?
1- Bolada xavsizlik hissini oʻygʻotish kerak!. Ularni qalbida shunaqanki qoʻrquv boʻlar ekanki, ular oʻzini himoyasiz, eʼtiborsiz sezarkan. Ularga koʻproq televizorni koʻrsatishdan koʻra, yaxshi ertak va hikoyalar oʻqib bergan maʼqul.
2- Bolani chalgʻiting! Ular bilan birga sayr qilish va oʻynash kerak. Shuningdek, parklarga aylantirish muhim hisoblanadi. Chunki bola zerikib qolsa ham qoʻlini soʻrishi mumkin.
Hurmatli onalar bolalarni boʻsh vaqtini sermazmun oʻtkazishiga intiling. Ana oʻshanda u nojoʻya odatlarini tark etadi.
Orif Avlayev,
ToshDAU “Oʻzbek tili, pedagogika
va psixologiya” kafedrasi dotsenti