«Stels-omikron» mavsumiy grippga oʻxshaydi

0
126
marta koʻrilgan.

Mamlakatdagi 2-sonli Zangiota ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov:

– Endi kasallik yana avj olishni boshladi, bu navbatdagi toʻlqin. Biz bir haftadan koʻproq vaqt davomida kasallanishning koʻpayishini kuzatmoqdamiz.

– «Stels-omikron» varianti, aslida, bu oʻsha omikron, shunchaki uning boshqa shakli. U tezroq yuqadi, lekin ayni paytda kasallikning klassik «omikron» va «delta»ga qaraganda yengilroq ekanligini taʼkidlash mumkin.

– «Stels-omikron» mavsumiy grippga oʻxshaydi, u oʻpkaga kamroq taʼsir qiladi va koʻpincha shamollash kabi davom etadi: tomoq ogʻrigʻi, bir yoki ikki kun davom etadigan yuqori harorat, bir jihati, bunda oʻpka toza boʻladi.

– Kasallik hali ham keksa, surunkali kasal, emlanmaganlar uchun xavf tugʻdiradi. Hozir kasalxonaga yotqizilgan deyarli barcha bemorlar emlanmagan.

– Bugungi kunda 2014 oʻringa moʻljallangan koykalarda 318 nafar bemorimiz bor. Har kuni 50 ga yaqin bemor qabul qilinadi. Hozir davolanish muddati qisqartirildi. Ilgari oʻrtacha ogʻirlikdagi bemor oʻrtacha bir hafta davomida davolangan. Hozir taxminan besh kun davolanadi.

Manba: gazeta.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.