Sudga murojaat qilishga kimlar haqli?

0
199
views

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, muayyan nizoga oid ariza yoki daʼvo arizasi bilan sudga quyidagi 3 xil toifadagi shaxslar murojaat qilishga haqlidirlar: 

oʻzining huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilishni soʻrab murojaat qilayotgan shaxslar; 

prokurorlar; 

qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar. 

Sudlarga daʼvo arizasi, ariza, iltimosnoma va shikoyat quyidagi tartibda berilishi mumkin: 

sudlarga bevosita tashrif buyurgan holda sudning devonxonasi yoki sud rahbariyatining, sudyalarning shaxsiy qabuli orqali; 

pochta aloqa boʻlimlari orqali; 

uydan, ishxonadan yoki Internet tarmogʻidan foydalangan holda elektron ravishda Oliy sudning rasmiy veb-sayti yoki axborot tizimining veb-sayti orqali murojaat qilishlari mumkin. 

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here