Talabalar Navroʻz ayyomida necha kun dam olishadi?

0
259
marta koʻrilgan.

Navroʻzda talabalar ham oʻqituvchilar kabi taʼtilga chiqishadi. Xodimlar yaʼni oʻqituvchilar 4-5 kun dam oladi, bu davrda darslar boʻlmaydi, demak talabalar ham 4-5 kun dam oladilar.

19-mart haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni boʻlganligi sababli oʻqituvchilar ishga keladi va auditoriyalarda darslar boʻladi, bu kun faqat haftasiga 5 kun ishlaydiganlar va oʻqiydiganlar uchun dam olish kuni xolos.

  • 19-mart (shanba) haftasiga 5 kun oʻqiydiganlar uchun dam olish kuni
  • 20-mart (yakshanba) — dam olish kuni
  • 21-mart (dushanba) — dam olish kuni
  • 22-mart (seshanba) – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun
  • 23-mart (chorshanba) — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun

Xulosa shuki haftasiga 5 kun oʻqiydigan talabalar 19-martdan — 23-martgacha dam oladi, haftasiga 6 kun oʻqiydigan talabalar 20-martdan — 23-martgacha dam oladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.