Taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati uzaytirildi

0
165
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Oʻqish jarayonlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 11 yanvarga qadar, OTMlarda esa 9 yanvarga qadar davom etishi kerak edi.

Avvalroq, “Oʻzgidromet” tomonidan 10-15 yanvar kunlari respublika boʻylab havo harorati kechalari 12-17 sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurt va choʻl hududlarining baʼzi joylarida kechasi 25-27, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha pasayishi mumkinligi maʼlum qilingandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.