Tarixga bir nazar

0
5
marta koʻrilgan.

Uzoq muzokaralardan soʻng Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi oʻrtasidagi munosabatlar tarixida ilk bor 1842 yili yaʼni bundan 182 yil oldin  davlatlararo aloqalar rasmiy ravishda  yoʻlga qoʻyilgan.

“Majburiyatlar akti” nomli shartnoma imzolangan. Baʼzi manbalarda ushbu hujjat “Kelishuv akti” deb nomlangan va imzolangan sanasi 1842 yil 27 dekabr deb koʻrsatilgan.

 Tarixchi Shavkat Saidovning qayd etishicha, kelishuv toʻkqizta banddan iborat boʻlib, oʻzaro munosabatlardagi barcha muammolarni qamrab olgan, hatto shartnomada ikki davlat oʻrtasidagi chegara ham aniq koʻrsatilib, u Sirdaryo va Ustyurt platosi orqali oʻtishi haqida alohida band kiritilgan edi. 

Biroq, mazkur shartnoma ham oʻzaro munosabatlardagi ziddiyatlarga chek qoʻymaydi. Buning asosiy sababi, Xiva hukumatining qatʼiy noroziligiga qaramay, rossiyalik harbiylar bevosita xivaliklar manfaatlari bor hududlarda harbiy qalʼa va istehkomlar qurishni davom ettirgani hamda rus maʼmurlari joʻnatgan elchilik missiyalari harbiy-siyosiy maqsadlarda tashkil qilingani edi.

Manbaa: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.