Tashqi reklama joylashtirishdan 11 oyda 9,4 mlrd soʻm mablagʻ tushgan

0
142
marta koʻrilgan.

 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda tashqi reklama sohasining barcha ishtirokchilari uchun teng huquqlar va imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, «Reklama toʻgʻrisida», «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi qonunlar hamda Shaharsozlik kodeksining reklama joylashtirish bilan bogʻliq bandlari, tashqi reklama bozorini tartibga solish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Qoʻmita boshqarma boshligʻi Dilshod Azimovning maʼlum qilishicha, 2018 yil 1 dekabr holatiga koʻra, respublika boʻyicha 9600 dan ortiq tashqi reklama vositasi mavjud boʻlib, shundan 54,2 foizi Toshkent shahrida joylashgan. Oʻtgan yilning 1 dekabridan boshlab tashqi reklama konstruksiyalari elektron savdo orqali joylashtirilmoqda.

— 2016-2017 yillarda tashqi reklamani joylashtirishdan tushgan tushum miqdori 6-7 mlrd soʻmni tashkil qilgan, — dedi Dilshod Azimov. — Mazkur koʻrsatkich 2018 yilning 11 oyi davomida 9,4 mlrd soʻmga yetgan. Shundan 48 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yilning 30 avgustida “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 702-sonli qarorning qabul qilinishi reklama bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish yoʻlida katta qadam boʻlgani eʼtirof etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.