Savol: «Temir daftar» nima?
Javob: «Temir daftar» — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof roʻyxati hisoblanadi.
Savol:«Temir daftar»ga kimlar kiritiladi?
Javob:«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi belgilangan, jumladan:
—kam taʼminlangan fuqarolar;
— nogironligi boʻlgan kishilar;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
— yakka-yolgʻiz keksalar;
— doimiy ishsiz fuqarolar;
— karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
— ogʻir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻriladi.
Manbaa:advice.uz