Toshkent hayvonot bogʻi 19-mart kunidan boshlab koronavirus sababli vaqtinchalik oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
Jamoa aholini asrash uchun ushbu qarorga keldi. Jonivorlar ahvolidan esa havotirga oʻrin yoʻq. Zoologlar va mutaxassislar oʻz ishlarini davom ettirishadi.
Hayvonot bogʻining ochilishi haqida esa Toshkent hayvonot bogʻining sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali xabar topish mumkin boʻladi.