Oʻzbekictonda aholi jon boshiga real umumiy daromadlar 1,7 mln. soʻmni tashkil etadi, deya hisobot beradi Oʻzbekiston davlat statistika qoʻmitasi. 2019 yilning yanvar-mart holatiga koʻra, aholi umumiy daromadlari 64,9 trln. soʻmni tashkil etib, aholi jon boshiga umumiy daromadlari — 1 ,9 mln. soʻm, real umumiy daromadlari 1,7 mln. soʻmni tashkil etgan.
2019 yilning yanvar-mart holatiga koʻra, aholi umumiy daromadlari 64,9 trln. soʻmni tashkil etib, aholi jon boshiga umumiy daromadlari — 1 ,9 mln. soʻm, real umumiy daromadlari 1,7 mln. soʻmni tashkil etdi.
Mamlakat aholisining farovonlik darajasini ifodalovchi muhim koʻrsatkichlaridan biri aholi daromadlari hisoblanadi. Aholining umumiy daromadlari — majburiy toʻlovlar va boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar boʻlgan yalpi daromadni ifoda etadi. Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi xususiyatga ega boʻlgan, yillik yoki undan kam vaqt oraligʻidagi davrda uy xoʻjaligi yoki uning alohida aʼzolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.
Real daromadlar nominal daromadlarni chakana narxlar va taʼriflar oʻzgarishini hisobga olgan holda nominal daromadlarning real xarid qilish qobiliyatini ifodalaydi. Isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholining umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 108,6 % ni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 106,6 % ni tashkil etdi.
Statistika qoʻmitasining saytida yozilichicha, aholi jon boshiga oʻrtacha umumiy daromadlari boʻyicha Toshkent shahrida (4687,2 ming soʻm) hamda Navoiy (2965,5 ming soʻm), Buxoro (2208,5 ming soʻm), Toshkent (2134,1 ming soʻm) viloyatlarida oʻrtacha respublika darajasidan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi koʻrsatkichlari esa Namangan (1406,8 ming soʻm), Fargʻona (1468,7 ming soʻm) va Surxondaryo (1512,2 ming soʻm) viloyatlarida qayd etildi.