Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda boʻlgan shaxslar viloyatdan qaytishda Toshkent shahriga kira olishadimi?

0
131
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Azizxon Murodov ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Viloyatlararo va Toshkent shahriga kirish chegaralari yopilgan boʻlsa, Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda boʻlgan shaxslar viloyatdan qaytishda Toshkent shahriga kira olishadimi?

JAVOB: Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqarolar viloyatlardan Toshkent shahriga kirib kelishlari mumkin.

SAVOL: 18-19 va 25-26 iyul kunlari shaharda mashinalar harakatiga ruxsat berilmas ekan, shu kunlari fuqarolar ishga velosipedda borganlarida ular hech qanday jarimaga tortilmaydilarmi?

JAVOB: Respublika maxsus komissiyasining 35-son yigʻilish bayonining 3- bandiga asosan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida avtotransport vositalarining, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 34-son yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga tatbiq etilmaydi.

Mazkur bayonning 4 bandiga asosan davlat organlari va muassasalari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga 18-19 iyul hamda 25-26 iyul kunlari xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etilishi belgilab berilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.