Toshkent shahrida yangi yil kechasida katta mushakbozlik boʻlib oʻtadi

0
272
marta koʻrilgan.

Kirib kelayotgan Yangi yil bayramida xalqimizga bayram tuhfasi sifatida Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Chilonzor tumani va Xalqlar doʻstligi maydonida bayram mushakbozliklari boʻlib oʻtadi. 

Mushakbozlik 2018 yil 31 dekabrdan 2019 yil 1 yanvarga oʻtar kechasi, soat 24:00 da boshlanadi. Yurtdoshlarimiz bayram mushakbozligini quyidagi manzillarda jonli tomosha qilishlari mumkin:
 
Yunusobod tumanida: Yangi shahar koʻchasi va Yangi Yunusobod koʻchasi kesishmasida, Yangi shahar va Bogʻishamol koʻchalari kesishmasida. 
 
Xalqlar doʻstligi maydonida: Xalqlar doʻstligi maydoni, Beshyogʻoch maydoni, Seul hamda Bobur koʻchalarida; 
 
Chilonzor tumanida: Bunyodkor koʻchasi va Kichik Xalqa avtomobil yoʻli koʻchasi kesishmasi, Bunyodkor yoʻli koʻchasi hamda “Milliy” stadionining Chilonzor va Choʻponota koʻchalari kesishmasida joylashgan avtomobillar toʻxtash joyida. 
 
Sizlardan mushakbozlik tadbiri doirasida ehtiyotkorlik choralarini koʻrgan holda mazmunli dam olishingizni tilaymiz.
 
Yangi yil mushakbozligi tomoshalari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi. 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.