UMURTQALARARO DISK ChURRASI: Kasallikni davolash usullari va xuruj davrida nima qilish kerak?

0
1641
marta koʻrilgan.

Churra xuruji  davrida nima qilish lozimligi va uni davolash usullari koʻpchilik mushtariylarimizni  qiziqtiradi. Tahririyatga maktublar ham yoʻllashgan. Navbatdagi mavzu shu xususida.

— Churra xurujida koʻngil aynishi, qayt qilish, churra joylashgan soha atrofi qoʻl bilan paypaslanganida qorinda toʻlgʻoqsimon ogʻriq kuzatiladi. Churra kattalashib, tarang boʻlib qoladi. Bu holatlarda ogʻriq qoldiruvchi dorilar qabul qilish taqiqlanadi.

Churra tashxisi qoʻyilgach, oʻzbilarmonlik bilan davolash aslo mumkin emas! Eng toʻgʻri tanlov — shifokor koʻrigidan oʻtish hamda buyurilgan davo muolajalarini bajarishdir. Kimlardir umurtqa pogʻonasini bosish, uqalash va shunga oʻxshash amaliyotlar bilan davolashni taklif etadi. Bu kabi choralar shikastlangan umurtqani yanada qiynab qoʻyishi, kasallik zoʻrayishiga olib kelishi mumkin.

Bugungi kunda kasalikni davolashning lazerli va endoskopik usullaridan foydalaniladi. Churra inson tanasidagi oʻsimta hisoblangani, shuningdek, vaqtida chora koʻrilmasa, salbiy oqibatlarga olib kelgani uchun uni rejali jarrohlik yoʻli bilan davolash maʼqul koʻriladi. Bunda bemor toʻliq tekshiruvlardan oʻtkaziladi. Organizmidagi barcha tizimlar faoliyati oʻrganilib, bemor sogʻligʻining holatiga koʻra operatsiya qilinadi. Masalan, yurak yetishmovchiligi bor bemorlarni avval kardiolog tavsiyasiga asosan davolanishi maslahat beriladi. Chunki, anesteziya yurak faoliyatiga taʼsir qiladi. Churra xurujida esa bu bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Umurtqa churrasini dori-darmonlarsiz ham davolasa boʻladi. Jumladan, hozir suv muolajalari keng yoʻlga qoʻyilgan.

Churraning paydo boʻlgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha boʻlgani yengil, uch oydan olti oygacha boʻlgan churra esa surunkali sanaladi. Bundan tashqari, hajmiga ham eʼtibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik boʻlsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi ushbu maqolani tibbiyot fanlari doktori, professor Shohaydar ShOTURSUNOV va tibbiyot fanlari nomzodi Murod Karimov bilan suhbati asosida tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.