VOYAGA YeTMAGAN BOLALARNI TUNGI VAQTDA KOMPYUTER OʻYINLAR OʻYNASHIGA IMKON BERGAN ShAXSLARGA JAVOBGARLIK

0
296
marta koʻrilgan.

SAVOL: Tungi vaqtda kompyuter oʻynash xonalarida oʻyin oʻynagan bolalar uchun oʻsha kompyuterxonaning egasi qancha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ?

JAVOB: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188 prim 2-moddasiga asosan, restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa masʼul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravari (4 500 000 soʻm)gacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tahririyatdan: Shuning uchun bolalaringizni kompyuterga qaramlikdan asrang. Bu holatlar ham sogʻliqqa ham koʻz nurlarining pasayishiga olib keladi. Qolaversa,  maʼnaviy- maʼrifiy ruhiyatini  buzish ehtimoli yuqori boʻlib, ushbu  jarima ana shu koʻngilsizliklarning oldini olishga qaratilgan.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.