Xorijiy oliy oʻquv yurtlarini tugatganlik xaqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash tartibi

0
355
marta koʻrilgan.

Xorijiy oliy oʻquv yurtlarini tugatganlik xaqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash, yaʼni ushbu diplomni Oʻzbekistonda tan olish tartibining amalga oshirilishi koʻpchilikni qiziqtiradi. Bu borada savollar ham yoʻq emas.

– Qayerga murojaat qilish kerak?

–  Oʻz yashash joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga;  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga;  uydan chiqmasdan yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga.

–  Qanday xujjatlar topshiriladi?

– Ariza, pasport nusxasi,  diplom va ilovaning asli, diplom va ilovaning oʻzbek tiliga notarius tomondan tarjimasi,  toʻlov qogʻozi (kvitansiya).

 – Toʻlov miqdori qancha?

– Baʼzaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 3 barobari.

Shuningdek, ariza asosida topshirilgan xujjatlar ekspertizadan oʻtkaziladi.  Agar diplom tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtsa, arizachi test sinovlariga taklif etiladi. Test jaroyoni esa onlayn tarzda kompyuterda boʻlib oʻtadi va  test javobi shu zaxoti eʼlon qilinadi. Test savollari diplomdagi soha boʻyicha tuziladi,  56 foyizdan yuqori ball toʻplaganlar suhbatga kiradi.

Quydagi oliygoxlarda oʻqiganlar  yaʼni fuqaro davlat organi yoʻllanmasi asosida xorijiy oliygohga oʻqishga yuborilgan boʻlsa,  Oʻzbekiston xududida filiali faoliyat yuritayotgan oliygohning asosiy muassasasida oʻqigan boʻlsa, oʻqigan oliygoh  xalqaro reytinglarda yetakchi 500 taligiga kirgan boʻlsa test va suhbatga kirmasdan diplomi tan olinadi.

Ravshan SAʼDULLAYEV, Toshkent shahar Mirobod tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.